ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

QUVASOY HUDUDIDA YER-SUV MUNOSABATLARI: QO‘QON XONLIGI ANʼANALARIDAN ROSSIYA MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATIGACHA

Karimov, Sarvar Fayzillayevich

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-08-04 · pp. 31–34 · DOI: 10.5281/zenodo.21743121 · UDK 94

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida hozirgi Quvasoy hududiga kiruvchi qishloqlarida yer-suv munosabatlarining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Qo‘qon xonligi davrida mavjud bo‘lgan davlat, xususiy va vaqf yerlari tizimi, ijara munosabatlari, sug‘orish tarmoqlarining iqtisodiy ahamiyati hamda xiroj va tanobona kabi soliq turlarining yerdan foydalanish jarayoni bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati natijasida yer va suv munosabatlarining qayta tashkil etilishi, vaqf mulklarining davlat nazoratiga o‘tkazilishi hamda mahalliy aholining anʼanaviy yer huquqlarining cheklanishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Quvasoy hududidagi agrar munosabatlar evolyutsiyasini va ularning mintaqaning keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga taʼsirini ochib beradi.

Kalit so'zlar: Quvasoy, yer-suv munosabatlari, Qo‘qon xonligi, Marg‘ilon bekligi, Isfayramsoy, Quvasoy soyi, vaqf mulklari, xiroj, tanobona, sug‘orish tizimi, sarkor, mirob, mustamlakachilik siyosati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi