"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
QISHLOQ XO‘JALIGINING BARQAROR VA XAVFSIZ RIVOJLANISHINI BAHOLASH KO‘RSATKICHLARI
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti 2- bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Tezisda qishloq xo‘jaligining barqaror va xavfsiz rivojlanishini baholashning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, oziq-ovqat xavfsizligi hamda institutsional mezonlari yoritilgan. Xalqaro yondashuvlar va O‘zbekiston agrar siyosatining ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, asosiy ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan. Turli o‘lchov birliklaridagi indikatorlarni me’yorlashtirish, guruh indekslari va umumiy integral indeks orqali baholash tartibi bayon qilingan.
Kalit so'zlar: qishloq xo‘jaligi, barqaror rivojlanish, xavfsiz rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy samaradorlik, ekologik barqarorlik, suv unumdorligi, integral indeks, monitoring.