"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Nazar Eshonqul hikoyalarining syujet tizimi
Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va dabiyoti universiteti, Mustaqil izlanuvchi.
Annotatsiya
Mazkur maqolada Nazar Eshonqul hikoyalarining syujet tizimi kompozitsiya bilan uzviy bogʻliqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda syujetning asosiy elementlari – ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechimning badiiy vazifalari yoritiladi. Shuningdek, yozuvchi hikoyalarida xarakterlararo, qahramon va muhit oʻrtasidagi hamda ichki psixologik konfliktlarning syujet qurilishidagi oʻrni ochib beriladi. “Bepoyon osmon”, “Qoʻl”, “Maymun yetaklagan odam”, “Ochilmagan eshik” kabi hikoyalar misolida Nazar Eshonqul ijodida ichki psixologik harakat, ramziy tasvir va falsafiy umumlashtirishlarga asoslangan syujet modeli ustuvor ekani asoslanadi.
Kalit so'zlar: Nazar Eshonqul, hikoya, syujet, kompozitsiya, konflikt, ichki harakat, ramziylik, psixologizm.