"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MADANIY KONTEKST VA ENANTIOSEMIYA: QARAMA-QARSHI MA'NOLARNING FAOLLASHUV MEXANIZMLARI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada enantiosemiya hodisasining lingvomadaniy mohiyati hamda qarama-qarshi ma'nolarning nutq jarayonida faollashuv mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ma'no aktuallashuviga ta'sir etuvchi lingvistik kontekst, pragmatik omillar, madaniy qadriyatlar va kognitiv jarayonlarning o'zaro aloqasi yoritiladi. Shuningdek, enantiosemik birliklarda ma'no tanlovining kommunikativ vaziyat va madaniy me'yorlarga bog'liqligi ilmiy asosda izohlanadi. Tadqiqot natijalari enantiosemiyani faqat leksik hodisa sifatida emas, balki til, tafakkur va madaniyat o'rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettiruvchi lingvomadaniy fenomen sifatida baholash imkonini beradi.
Kalit so'zlar: enantiosemiya, lingvomadaniyat, semantika, pragmatika, kontekst, polisemiya, madaniy qadriyat, ichki antonimiya.