"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
NEMIS VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI O‘TIMLI FE’LLAR VA ULARNING PASSIV YASALISHI.
Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs tayanch doktorant
Annotatsiya
Ushbu maqolada nemis va qoraqalpoq tillarida fe’lning o‘timli va o‘timsizlik kategoriyalari hamda ularning majhul nisbat (passiv) konstruksiyalarini hosil qilishdagi o‘rni qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilingan. Fe’lning valentligi, obyekt bilan munosabati, tranzitivlik va intranzitivlik xususiyatlari nemis va qoraqalpoq tilshunoslarining nazariy qarashlari asosida yoritilgan.
Kalit so'zlar: nemis tili, qoraqalpoq tili, fe’l, nisbat kategoriyasi, majhul nisbat, passiv, o‘timli fe’l, o‘timsiz fe’l, tranzitivlik, intranzitivlik, valentlik, kommunikativ-pragmatik funksiya, qiyosiy tilshunoslik.