"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA INTRAPERSONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-METODIK TIZIMI
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti preventiv tibbiyot asoslari, jamoat salomatligi, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda intrapersonal intellektni rivojlantirishning ilmiy-metodik tizimi, uning nazariy asoslari, tarkibiy komponentlari hamda pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Zamonaviy oliy ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagoglarning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarini, balki o‘zini anglash, refleksiv fikrlash, emotsional o‘zini boshqarish, mustaqil qaror qabul qilish va kasbiy o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy, refleksiv, konstruktiv va metakognitiv yondashuvlar asosida intrapersonal intellektni rivojlantirishning ilmiy-metodik modeli ishlab chiqildi. Mazkur model motivatsion, kognitiv, refleksiv, emotsional-regulyativ hamda faoliyat komponentlarining o‘zaro integratsiyasiga asoslanadi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘zini anglash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, kasbiy refleksiya va uzluksiz o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirishda taklif etilgan ilmiy-metodik tizim samarali ekanligini nazariy jihatdan asoslaydi.
Kalit so'zlar: intrapersonal intellekt, bo‘lajak o‘qituvchi, refleksiya, metakognitsiya, kasbiy kompetentlik, o‘zini anglash, pedagogik texnologiyalar.