"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TARIXIY OBIDALAR VA YODGORLIKLARGA EKSKURSIYALAR TASHKIL QILISH ASOSIDA BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHILARINING TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida tarixiy obidalar va yodgorliklarga ekskursiyalar tashkil etishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Ekskursiya mashg‘ulotlari orqali talabalarda tarixiy makon va zamonni his qilish, moddiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish hamda tarixiy tafakkurni rivojlantirish metodikasi o‘rganilgan. Shuningdek, talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash usullari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: tarixiy tafakkur, ekskursiya metodikasi, tarixiy obidalar, moddiy madaniy meros, tarixiy empatiya, tanqidiy tahlil, vizualizatsiya.