"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA FORS-TOJIKCHA TAKRORLARNING QO‘LLANILISHI
FarDU tilshunoslik kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan fors-tojikcha takrorlarning lingvostilistik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda takror hodisasining badiiy matndagi o‘rni, uning nutq ta’sirchanligi va ekspressivligini oshirishdagi vazifalari yoritilgan. Doston tarkibidagi leksik, sintaktik, anafora, epifora, halqa takror, antitezali takror hamda xiazm kabi uslubiy vositalar misollar asosida tahlilga tortilgan. Fors-tojikcha birliklarning takroriy qo‘llanishi orqali shoirning poetik maqsadi, mazmuniy urg‘u yaratish usullari va badiiy ifoda imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Alisher Navoiy asarlari tilining boyligi, xususan, fors-tojikcha leksik birliklarning badiiy-estetik imkoniyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: takror, fors-tojikcha birliklar, leksik takror, anafora, epifora, halqa takror, xiazm, lingvostilistika, badiiy nutq.