ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI FORS-TOJIKCHA RAVISHLARNING SEMANTIK MAYDONI HAQIDA

Alimova, Zarifaxon Vaxobovna

FarDU tilshunoslik kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

2026-08-04 · pp. 29–32 · DOI: 10.5281/zenodo.21743037 · UDK 81

Annotatsiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan fors-tojikcha ravishlarning leksik-semantik, morfologik va funksional xususiyatlari tadqiq etiladi. Asarda uchraydigan ravishlar semantik jihatdan holat, payt, o‘rin, daraja-miqdor hamda sabab ravishlariga tasniflanib, ularning yasalish usullari, grammatik tabiati va badiiy matndagi uslubiy vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida fors tilidagi ravishlarning o‘zgarmas so‘z turkumi ekani, prefiks va suffikslar yordamida hosil bo‘lish xususiyatlari hamda eski o‘zbek adabiy tilida kontekstual konversiya asosida ravish vazifasida qo‘llanishi dalillar asosida yoritiladi. Tahlillar natijasida Navoiy dostonida fors-tojikcha ravishlar nafaqat harakatning belgisini ifodalashi, balki obrazlilikni kuchaytirish, emotsional-ekspressivlikni ta'minlash va muallif badiiy uslubining muhim tarkibiy qismi sifatida xizmat qilishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: fors-tojikcha ravishlar, holat ravishi, payt ravishi, o‘rin ravishi, daraja-miqdor ravishi, sabab ravishi, semantika, morfologiya, kontekstual konversiya, stilistika.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi