ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘ZBEK TILI OSHPAZLIK NOMLARINING YASALISH, HOSIL BO‘LISH XUSUSIYATLARI

Ro'ziyev, Qahramon Kuzimuratovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tayanch doktoranti

2026-08-04 · pp. 22–25 · DOI: 10.5281/zenodo.21743033 · UDK 63

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi oshpazlik nomlarining yasalish va hosil bo‘lish xususiyatlari lingvistik hamda lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Oshpazlik leksikasining nominativ, semantik va derivatsion xususiyatlari yoritilib, taom nomlarining affiksatsiya, kompozitsiya, birikmali nominatsiya, o‘zlashuv va sheva birliklari asosida shakllanish jarayonlari izohlanadi. Shuningdek, oshpazlik terminlarining tarixiy taraqqiyoti, motivatsiyalangan nominatsiya, etimologik asoslari hamda ularning xalqning madaniyati, urf-odatlari va etnik tafakkuri bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili oshpazlik leksikasining murakkab derivatsion tizimga ega ekanligini hamda uning milliy-madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi muhim leksik qatlamlardan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: oshpazlik nomlari, so‘z yasalishi, nominatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya, lingvomadaniyat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi