ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

LATIFIYNING “MAZHARUL AJOYIB” ASARIDA QO‘LLANILGAN SHE’RIY SAN’ATLAR

Majidov, Umedjon Abduraxmonovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

2026-08-04 · pp. 18–21 · DOI: 10.5281/zenodo.21743031 · UDK 82

Annotatsiya

Mazkur maqolada Latifiyning “Mazharul ajoyib” asarida qo‘llanilgan she’riy san’atlarning badiiy-estetik vazifasi tahlil qilinadi. Asar hikoyaviy-didaktik nasr namunasi bo‘lsa-da, undagi qit’a, bayt va nazm parchalari matnning badiiy qimmatini belgilovchi muhim qatlamni tashkil etadi. Tadqiqotda asarning tabdil matnidan olingan she’riy parchalar asosida tashbeh, tazod, tanosub, takror, talmeh, istiora, ishtiqoq, nido va mubolag‘a singari badiiy san’atlar yoritiladi. Natijada “Mazharul ajoyib”dagi she’riy parchalar nasriy voqeabandlikni bezovchi qo‘shimcha unsurlar emas, balki asarning g‘oyaviy mazmuni, axloqiy xulosasi va obrazlar tizimini kuchaytiruvchi poetik vositalar ekani asoslanadi.

Kalit so'zlar: Latifiy, “Mazharul ajoyib”, she’riy san’atlar, tashbeh, tazod, talmeh, tanosub, istiora, takror, chig‘atoy adabiyoti.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi