ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

SOTSIOLINGVISTIK ATAMALARNING BOSHQA FANLAR BILAN TIZIMLI BOGʻLIQLIGI

Tojiboyeva, Dilorom Odiljon qizi

FarDu mustaqil izlanuvchisi

2026-08-04 · pp. 15–17 · DOI: 10.5281/zenodo.21743029 · UDK 81

Annotatsiya

Ushbu maqolada sotsiolingvistikaning tilshunoslik, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va etnografiya kabi fanlar bilan tizimli bog’liqligi tahlil qilinadi. Fanlararo aloqadorlik natijasida shakllangan sotsiolingvistik atamalarning kelib chiqishi hamda ularning qo’shni fanlar terminologiyasi bilan kesishuv nuqtalari ko’rib chiqiladi. Tadqiqotda atamalarning birlamchi (yangidan yaratish) va ikkilamchi (terminologizatsiya) shakllanish qonuniyatlari asosida tahlil qilinib, sotsiolingvistikaning predmet sohasini aniqroq belgilashga xizmat qiluvchi omillar yoritiladi. Olingan natijalar sotsiolingvistika tushunchalar tizimini fanlararo nuqtayi nazardan chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: terminologiya, etnografiya, psixolingvistika, sotsiologiya, ikkilamchi va birlamchi termin.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi