"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SHUKUR XOLMIRZAYEV NASRIDA LIBOS VA MAISHIY REALIYALARNING LINGVOMADANIY OPPOZITSIYASI (“Soʻnggi bekat” romani misolida)
FarDU mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada taniqli o‘zbek adibi Shukur Xolmirzayevning “So‘nggi bekat” romani materiallari asosida antropotsentrik tilshunoslikning eng faol yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan lingvokulturologiya aspektida tadqiq etilgan. Maqolada badiiy matnda qo‘llangan milliy-etnografik realiyalar (o‘choq, yer-o‘choq, chopon, do‘ppi, dasturxon, qovurdoq va b.) hamda madaniy kodlarning qahramonlar ichki ruhiyati, sotsial statusi va o‘zbek oilaviy andisha me’yorlarini ifodalashdagi lingvopoetik va pragmatik funksiyalari ochib berilgan. Tadqiqot davomida oddiy leksik birlik va lingvokulturema tushunchalarining farqlash mezonlari aniqlashtirilgan hamda romandagi milliy birliklarning foiz ko‘rsatkichlari aks etgan statistik tahlil taqdim etilgan.
Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, lingvokulturema, madaniy kod, milliy-etnografik realiya, Shukur Xolmirzayev, o‘choq, chopon, dasturxon, milliy mentalitet, stereotip.