ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

SPORT INVENTARLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARNING INNOVATSION VA INVESTITSION FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Xamraqulov, Ixtiyor Baxtiyorovich

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Farg‘ona davlat texnika universiteti doktoranti

2026-08-04 · pp. 316–318 · UDK 33

Annotatsiya

Mazkur maqolada sport inventarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning innovatsion va investitsion faoliyati samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirishning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Sport inventarlari sanoatining texnologik rivojlanish xususiyatlari, investitsiya resurslaridan foydalanish samaradorligi, innovatsion salohiyat, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, mahsulot sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik masalalari o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilingan. Innovatsion-investitsion faoliyatni moliyaviy, innovatsion, texnologik, tashkiliy, bozor va standartlashtirish mezonlari asosida kompleks baholashning ilmiy-uslubiy imkoniyatlari asoslangan. Entropiya va iyerarxiyalar tahlili usullarini uyg‘unlashtirish orqali integral baholash yondashuvining afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy klaster mexanizmi, “RISK-SPORT 6D” xavf-xatarlarni boshqarish tizimi, “RIBOM-Sport” raqobatbardoshlik modeli hamda mahsulot sifatini uzluksiz takomillashtirishga qaratilgan “jonli laboratoriya” konsepsiyasining iqtisodiy mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari sport inventarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda investitsion qarorlarni ilmiy asoslash, innovatsion rivojlanish ustuvorliklarini belgilash va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

IMPROVING THE METHODOLOGY FOR EVALUATING THE EFFICIENCY OF INNOVATION AND INVESTMENT ACTIVITIES OF ENTERPRISES MANUFACTURING SPORTS EQUIPMENT

Kalit so'zlar: sport inventarlari, innovatsion faoliyat, investitsiya samaradorligi, integral baholash, entropiya, AHP, iqtisodiy-ijtimoiy klaster, xavf-xatarlarni boshqarish, RISK-SPORT 6D, RIBOM-Sport, jonli laboratoriya, raqobatbardoshlik.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi