"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
CHET TILINI O‘QITISHDA SKIMMING VA SCANNING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Chet tillari fakulteti talabasi
Annotatsiya
Mazkur maqolada chet tilini o‘qitish jarayonida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda Skimming va Scanning strategiyalarining ahamiyati yoritiladi. Ushbu strategiyalarning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari va ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning matn bilan ishlash tezligini oshirish, asosiy g‘oyani aniqlash, kerakli axborotni topish hamda mustaqil o‘qish malakasini shakllantirishda mazkur yondashuvlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada ushbu strategiyalarni dars jarayoniga izchil tatbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham beriladi.
Kalit so'zlar: chet tilini o‘qitish, o‘qib tushunish, Reading, Skimming, Scanning, o‘qish strategiyalari, matn tahlili, kommunikativ kompetensiya.