ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

FARG‘ONA–MARG‘ILON AGLOMERATSIYASINING SHAKLLANISH OMILLARI

Karimova, Madinaxon Muzaffar qizi

Farg‘ona davlat universiteti talabasi

2026-08-04 · pp. 252–257 · DOI: 10.5281/zenodo.23616034 · UDK 316

Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona vodiysining janubiy qismida shakllanayotgan Farg‘ona–Marg‘ilon aglomeratsiyasining vujudga kelish omillari ko‘rib chiqiladi. Tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2021–2026-yillardagi ma’lumotlari yotadi. Ikki yadro shaharning doimiy aholi soni, o‘sish sur’ati, zichligi, migratsiya saldosi, korxonalar joylashuvi va sanoat ishlab chiqarishi solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, aglomeratsiya viloyat aholisining qariyb 14 foizini, sanoat hajmining esa uchdan bir qismiga yaqinini birlashtiradi. Farg‘ona shahri iqtisodiy va migratsion jozibadorlik markazi bo‘lib turibdi. Marg‘ilon esa yuqori zichlik va yer resurslarining tanqisligi bilan ajralib turadi. Maqolada shuningdek aglomeratsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi cheklovlar va ularni yumshatish yo‘llari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: aglomeratsiya, Farg‘ona–Marg‘ilon, doimiy aholi, aholi zichligi, migratsiya, shaharlararo aloqalar, sanoat, hududiy rivojlanish, Farg‘ona vodiysi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi