ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

FARG‘ONA VILOYATIDA URBANIZATSIYA JARAYONLARINING AHOLI JOYLASHUVIGA TA’SIRI

Zaxronova, Ruqiyaxon; Abdurahimova, Mohinur

Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrar qo'shma fakulьteti Geografiya yo'nalishi 4 kurs 23.61 guruh talabasi
Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrar qo‘shma fakulteti Geografiya yo'nalishi 4 kurs 23.61 guruh talabasi

2026-08-04 · pp. 247–251 · DOI: 10.5281/zenodo.23505587 · UDK 91

Annotatsiya

Mazkur bitiruv malakaviy ishida Farg‘ona viloyatida urbanizatsiya jarayonlarining aholi joylashuviga ta’siri iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda urbanizatsiyaning nazariy asoslari, viloyatning tabiiy-geografik sharoiti, aholi soni va zichligi dinamikasi, shaharlar tizimi, sanoatning hududiy joylashuvi hamda migratsiya jarayonlari statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Aniqlanishicha, viloyat aholisining 56,8 foizi shaharlarda yashaydi, aholi zichligi so‘nggi yillarda izchil ortib bormoqda, uchta yirik shahar (Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon) viloyat aholisining qariyb beshdan bir qismini o‘zida jamlagan. Ishda urbanizatsiyaning landshaft va ekologik oqibatlari ham ko‘rsatib berilgan hamda hududiy rivojlanishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: urbanizatsiya, aholi joylashuvi, aholi zichligi, shaharlar tizimi, Farg‘ona viloyati, shahar aholisi ulushi, migratsiya, sanoat markazlari, aglomeratsiya, antropogen bosim, hududiy rivojlanish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi