ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ADAPTIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALARNING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Turayeva, Mavluda Ergashevna

Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchi

2026-08-04 · pp. 426–429 · DOI: 10.5281/zenodo.23261129 · UDK 378

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning raqamli kompetentligini rivojlantirishda adaptiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida talabalarning faqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi yetarli emasligi, balki raqamli muhitda axborotni izlash, tahlil qilish, baholash, qayta ishlash, raqamli kontent yaratish, kommunikatsiya qilish, muammolarni raqamli vositalar yordamida hal etish va raqamli xavfsizlikni ta’minlash kabi kompetensiyalarni kompleks rivojlantirish zarurligi asoslanadi [1; 2]. Mavjud ta’lim amaliyotida barcha talabalar uchun bir xil mazmundagi va bir xil tezlikdagi o‘qitish yondashuvi individual ta’lim ehtiyojlarini to‘liq qondira olmayotgani muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Adaptiv ta’lim texnologiyalarining diagnostik, differensiallashtiruvchi, individualizatsiyalovchi va teskari aloqa imkoniyatlaridan foydalanish mazkur muammoni bartaraf etishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida asoslanadi [3; 4]. Maqolada adaptiv ta’lim asosida raqamli kompetentlikni rivojlantirish metodikasining tarkibiy elementlari, uni amalga oshirish bosqichlari hamda pedagogik samaradorligini baholash yo‘nalishlari taklif etiladi.

Kalit so'zlar: raqamli kompetentlik, adaptiv ta’lim, adaptiv ta’lim texnologiyalari, raqamli ta’lim, individual ta’lim, oliy ta’lim, raqamli ko‘nikmalar, ta’lim metodikasi, raqamli transformatsiya.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi