ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

DETEKTIV ASARDA OBRAZ YARATISH TAMOYILLARI VA AYOL OBRAZINING BADIIY-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Shamsiddinova, Gulnoza Vasliddin qizi

shamsiddinovagulnoza93@gmail.com

2026-08-04 · pp. 470–472 · DOI: 10.5281/zenodo.22053888 · UDK 82

Annotatsiya

Mazkur tezisda detektiv asarda obraz yaratishning janriy-poetik tamoyillari hamda ayol obrazining badiiy-funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Detektiv asarda obrazlar tizimi jinoyat, sir, tergov va yechim kabi syujet unsurlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, personajlarning xarakteri, psixologik holati va xatti-harakatlari voqealar rivojini ta’minlovchi muhim vosita vazifasini bajaradi. Ayniqsa, ayol obrazining detektiv syujetdagi funksiyasi turli tarixiy-adabiy bosqichlarda o‘zgarib, passiv obyektlikdan faol badiiy subyektlikka tomon rivojlangan. Tadqiqotda ayol personajining syujet, kompozitsiya, konflikt va obrazlar tizimidagi o‘rni ingliz detektiv adabiyoti materiallari asosida yoritiladi.

Kalit so'zlar: detektiv adabiyot, obraz, personaj, ayol obrazi, poetika, syujet, kompozitsiya, konflikt, psixologizm, gender, badiiy funksiya, detektiv janr, xarakter, obrazlar tizimi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi