ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

NURULLOH GENCHNING “YOMG‘IR” NA’TIDA RAHMAT TIMSOLI

Rajabov, Foziljon Ulash Zoda

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch-doktoranti

2026-08-04 · pp. 466–469 · DOI: 10.5281/zenodo.22053886 · UDK 82

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy turk shoiri Nurulloh Genchning “Yağmur” (“Yomgʻir”) naʼti tahlil qilinadi. Sheʼr mumtoz turk adabiyotidagi naʼt anʼanasi bilan qiyoslanib, shoirning ushbu anʼanaga qanday yondashgani ochib beriladi. Tahlil davomida “yomgʻir” timsolining sheʼrda bir necha maʼnoda qoʻllangani, xususan, Rasululloh (s.a.v.), ilohiy rahmat va oshiq murojaat qilayotgan suyukli zot bilan bogʻliq holda talqin etilgani koʻrsatib beriladi. Bu jihat Fuzuliyning “Suv qasidasi”dagi suv timsoli bilan solishtirib izohlanadi. Shuningdek, sheʼrda naʼt uslubi bilan ishqiy talqin uygʻunlashgani, murojaat shakli gʻazalga yaqinlashgani aniqlanadi. Maqolada shoir naʼt anʼanasini shakl jihatidan saqlagan holda, unga yangi timsoliy mazmun berganligi xulosasiga kelinadi.

Kalit so'zlar: Nurulloh Gench, “Yomg‘ir”, naʼt, timsol, rahmat timsoli, Fuzuliy, “Suv qasidasi”, mumtoz turk sheʼriyati, anʼana va yangilanish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi