ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

RUTIN MOLEKULASINING 6ELR OQSILI BILAN MOLEKULYAR DOCKINGI

Mirxalikova, Maftuna Baxtiyor qizi; Mamadrahimov, Azimjon Akparaliyevich

O‘zbekiston Milliy universiteti, tayanch doktoranti
O‘z FA Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi

2026-08-04 · pp. 237–238 · DOI: 10.5281/zenodo.21835628 · UDK 57

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda tabiiy flavonoid hisoblangan rutin molekulasining Janus kinaza 1 oqsilining 6ELR kristall strukturasi bilan o‘zaro ta’siri molekulyar docking yordamida baholandi. Oqsil strukturasi Protein Data Bank ma’lumotlar bazasidan olinib, BIOVIA Discovery Studio Visualizer dasturida docking hisob-kitoblariga tayyorlandi. Ligand sifatida rutin molekulasi PubChem bazasidan yuklab olinib, Avogadro dasturida MMFF94 kuch maydoni yordamida geometriyasi optimallashtirildi. Docking hisob-kitoblari AutoDock Vina 1.2 dasturida bajarildi. Natijalar rutinning JAK1 oqsiliga −10,6 kcal/mol bog‘lanish energiyasi bilan yuqori affinitet namoyon etganini ko‘rsatdi. Kompleks barqarorligi ko‘plab vodorod bog‘lari, elektrostatik va gidrofob o‘zaro ta’sirlar orqali ta’minlandi. Olingan natijalar rutinning JAK1 ingibitori sifatida istiqbolli tabiiy ligand bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: JAK1, rutin, molekulyar docking, AutoDock Vina, 6ELR

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi