"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEK EPOSSHUNOSLIGIDA “GO‘RO‘G‘LI” DOSTONI GENEZISI VA ARXETIPIK ASOSLARINING MIFOPOETIK TADQIQI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda o‘zbek folklorshunosligi va eposshunosligida professor Sh.Turdimov tomonidan amalga oshirilgan metodologik burilish, xususan, “Go‘ro‘g‘li” dostonining genezisi, arxetipik va mifopoetik asoslari tahlil qilingan. Olimning tarixiy-jo‘grofiy, germenevtik hamda ritual-mifologik metodlarni qo‘llagan holda dostonning eng arxaik invariant shakli – “Bobo sujet”ni tiklashi, shuningdek, asar qahramonlari tabiat va quyosh miflari, shamonik initsiatsiya hamda ibtidoiy animistik tasavvurlarning epik transformatsiyasi ekanligini isbotlab bergani yoritilgan
Kalit so'zlar: Eposshunoslik, “Go‘ro‘g‘li” dostoni, arxetip, mifopoetika, genezis, “Bobo sujet”, tarixiy-jo‘grofiy metod, germenevtika, solyar (shamsiy) mif, ritual-mifologik maktab, alplik tizimi.