ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

LANDSHAFT KOMPONENTLARI VA AHOLI JOYLANISHI O'RTASIDAGI HUDUDIY BOG‘LIQLIK

Sahrobov, Muzaffarjon Muzrob o‘g‘li; Qarshiyev, Shaxbozbek Qaxramon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

2026-08-04 · pp. 231–236 · DOI: 10.5281/zenodo.21835610 · UDK 91

Annotatsiya

Mazkur maqolada tabiiy landshaft komponentlarining aholi joylanishiga ta'siri iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda landshaftshunoslikning nazariy asoslari, geografik determinizm va landshaftli yondashuv tamoyillari, shuningdek, geomorfologik, gidrologik, tuproq va iqlim omillarining aholi hamda xo‘jalikning hududiy joylanishidagi o‘rni yoritilgan. Farg‘ona vodiysi misolida tabiiy landshaftlarning tarixiy o‘zlashtirilish jarayonlari va aholi zichligining hududiy tafovutlari tahlil qilinib, landshaft komponentlari bilan aholi joylanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida landshaftli yondashuvning aholi joylanishini baholash, hududlardan oqilona foydalanish va barqaror hududiy rivojlanishni ta'minlashdagi metodologik ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: aholi joylanishi, landshaft, landshaft komponentlari, landshaftli yondashuv, geomorfologik omil, gidrologik omil, tuproq unumdorligi, tabiiy geografik muhit, geotizim, antropogen bosim, Farg'ona vodiysi, hududiy rivojlanish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi