"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AHOLI VA YER RESURSLARI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIKNING AYRIM JIHATLARI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholi va yer resurslari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning nazariy-metodologik asoslari iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda aholi geografiyasi hamda yer resurslari geografiyasining shakllanish bosqichlari, aholi joylanishi va yerdan foydalanishning klassik nazariyalari, yer sig‘imi (land carrying capacity) hamda aholi–yer mutanosibligi konsepsiyalarining ilmiy mazmuni yoritilgan. Shuningdek, xorijiy, MDH va O‘zbekiston olimlarining ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning afzallik va cheklovlari baholangan. Tadqiqot yakunida aholi va yer resurslarini yagona hududiy tizim sifatida baholashga asoslangan integratsiyalashgan iqtisodiy-geografik yondashuv hamda “Aholi–Yer mutanosibligi indeksi” konsepsiyasining ilmiy asoslari taklif etilgan.
Kalit so'zlar: aholi geografiyasi, yer resurslari, aholi joylanishi, yer sig‘imi, land carrying capacity, aholi–yer mutanosibligi, hududiy tashkil etish, yerdan foydalanish, von Tyunen nazariyasi, Maltus nazariyasi, Boserup nazariyasi, barqaror rivojlanish, iqtisodiy geografiya.