ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

AHOLI JOYLANISHINI O‘RGANISHNING ZAMONAVIY GEOGRAFIK METODLARI VA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLARI

Qarshiyev, Shaxbozbek Qaxramon o‘g‘li; Sahrobov, Muzaffarjon Muzrob o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

2026-08-04 · pp. 224–226 · DOI: 10.5281/zenodo.21835606 · UDK 91

Annotatsiya

Mazkur maqolada aholi joylanishini geografik tadqiq etishning zamonaviy metodologik yondashuvlari tahlil qilingan. Unda geodemografik yondashuvlar, migratsiya nazariyalari, geografik axborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash, fazoviy tahlil metodlari hamda aholi joylanishini baholashning zamonaviy usullari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, xorijiy, MDH va O‘zbekiston geografiya maktablari olimlarining ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning afzallik va cheklovlari baholangan. Tadqiqot yakunida aholi joylanishini tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar uyg‘unligida o‘rganishga asoslangan integratsiyalashgan geografik yondashuv taklif etilgan.

Kalit so'zlar: aholi joylanishi, geodemografiya, migratsiya, GIS, geografik axborot tizimlari, masofadan zondlash, fazoviy tahlil, fazoviy modellashtirish, geografik metodologiya, hududiy tahlil, integratsiyalashgan geografik yondashuv, aholi geografiyasi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi