"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AHOLI GEOGRAFIYASIDA HUDUDIY TASHKIL ETISH VA URBANIZATSIYA NAZARIYALARINING ILMIY ASOSLARI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholi geografiyasining nazariy-metodologik shakllanish bosqichlari hamda aholi joylanishini geografik tadqiq etishning zamonaviy ilmiy yondashuvlari tahlil qilingan. Unda antropogeografiya, possibilizm, migratsiya nazariyalari, markaziy o‘rinlar nazariyasi, hududiy tashkil etish konsepsiyasi, urbanizatsiya nazariyalari va geodemografik yondashuvlarning ilmiy mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, jahon, MDH va O‘zbekiston geografiya maktablari olimlarining ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning aholi joylanishini o‘rganishdagi metodologik ahamiyati baholangan. Tadqiqot natijasida aholi geografiyasining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari umumlashtirilib, hududiy tadqiqotlarda kompleks geografik yondashuvning ustuvorligi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: aholi geografiyasi, aholi joylanishi, antropogeografiya, possibilizm, geografik determinizm, migratsiya nazariyasi, markaziy o‘rinlar nazariyasi, hududiy tashkil etish, urbanizatsiya, geodemografiya, manzilgohlar tizimi, geografik metodologiya.