ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ANDIJON SHAROITIDA FICUS L. TURKUMI VAKILLARINING ADVENTIV ZARARKUNANDASI PARASAISSETIA NIGRA (NIETNER, 1861)NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FITOSANITAR XAVFI

Xusanov, Alijon Karimovich; Tillayeva, Saidaxon Toxirjon qizi Toxirjon qizi; Muqimova, Zilolabonu Davronbek qizi; Maxbubova, Ruxshona Oybekjon qizi

Andijon davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori
Andijon davlat universiteti
Andijon davlat universiteti biologiya kafedrasi talabasi

2026-08-04 · pp. 216–219 · DOI: 10.5281/zenodo.21835602 · UDK 63

Annotatsiya

2024-2025 yillarda Andijon shahrida olib borilgan tadqiqotlarda introduksiya qilingan xona o‘simliklarida Parasaissetia nigrani uchrashi va ayrim bioekologik xususiyatlari o‘rganildi. Entomologik tadqiqotlarda Ficus benjamina (Danielle navi), F. benjamina (Starlight navi) va F. elastica o‘simliklari ko‘zdan kechirildi. Zararkunanda jami tekshirilgan 9 ta o‘simlikning 3 tasida (33,3%) qayd etildi. Yosh va voyaga yetgan individlar novdalar, poya, barg bandi hamda bargning asosiy tomiri bo‘ylab joylashgan bo‘lib, ular 24-31°C xona haroratida kuzatildi. F. benjamina navlarida o‘rtacha zararlanish va barg to‘kilishi, F. elasticada esa kuchsiz zararlanish hamda yopishqoq shirin ajralma aniqlandi. Olingan natijalar introduksiya qilingan xona o‘simliklarini adventiv fitofaglarni erta aniqlashga qaratilgan fitosanitar monitoringga kiritish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Parasaissetia nigra, Ficus benjamina, Ficus elastica, adventiv tur, fitosanitar monitoring, Andijon.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi