"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AHOLI TURMUSH TARZI IJTIMOIY-GEOGRAFIK TADQIQOTLARINING ZAMONAVIY METODOLOGIK ASOSI: MDH VA O‘ZBEKISTON GEOGRAFIYA MAKTABLARI TAJRIBASI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Farg‘ona davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti.
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholi turmush tarzini ijtimoiy-geografik tadqiq etishning zamonaviy metodologik asoslari tahlil qilingan. Unda MDH hamda O‘zbekiston geografiya maktabi vakillarining aholi turmush tarziga oid ilmiy qarashlari tizimlashtirilgan, shuningdek, ijtimoiy makon, geografik determinizm, possibilizm, neodeterminizm, radikal va post-strukturalist geografiya, konvergensiya-divergensiya hamda barqaror rivojlanish konsepsiyalarining turmush tarzini hududiy tadqiq etishdagi ilmiy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida aholi turmush tarzining ijtimoiy-geografik mohiyati aniqlashtirilib, uning tarkibiy elementlari hamda hududiy farqlanish qonuniyatlari umumlashtirilgan.
Kalit so'zlar: aholi turmush tarzi, ijtimoiy geografiya, ijtimoiy makon, hududiy farqlanish, MDH geografiya maktabi, O‘zbekiston geografiyasi, geografik determinizm, possibilizm, neodeterminizm, radikal geografiya, post-strukturalist geografiya, konvergensiya, divergensiya, barqaror rivojlanish.