"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SALOMATLIKKA OID MAQOLLARDA DORIVOR O‘SIMLIK VA OZIQ-OVQAT KOMPONENTLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI
Tayanch doktorant, Toshkent davlat sharsqshunoslik universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek, ingliz va arab tillaridagi oziq-ovqat hamda xalq tabobati bilan bog‘liq salomatlikka oid maqollar qiyosiy-semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mevalar, sabzavotlar, dorivor o‘simliklar, don va dukkaklilar hamda hayvon mahsulotlari ishtirok etgan maqollar o‘rganildi. Tahlil natijasida uchala tilda ham oziq-ovqat salomatlikni saqlash, kasalliklarning oldini olish va davolash vositasi sifatida talqin qilinishi aniqlandi. Shu bilan birga, har bir xalqning tabiiy sharoiti, milliy taomlari, xalq tabobati an‘analari va madaniy tajribasi maqollarda o‘ziga xos tarzda aks etishi kuzatildi. O‘zbek tilida dorivor o‘simliklar bilan bog‘liq maqollar son jihatdan ustunligi, ingliz tilida profilaktika va sog‘lom ovqatlanishga urg‘u berilishi, arab tilida esa mahalliy o‘simliklar va xalq tabobatiga oid amaliy tajribalarning ko‘proq ifodalanishi aniqlandi.
Kalit so'zlar: salomatlikka oid maqollar, o‘zbek tili, ingliz tili, arab tili, meva, sabzavot, dorivor o‘simlik, dukkaklilar, hayvon mahsuloti.