ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

MARKAZIY OSIYONING TOSH DAVRI TARIXI TARIXSHUNOSLIGINING O‘RGANILISH MUAMMOLARI (Sovet davrida amalga oshirilgan tadqiqotlar) Abduvaliyeva Nozimaxon Abdushukur qizi Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti ORCID: 0009-0005-1233-6905

Abduvaliyeva, Nozimaxon Abdushukur qizi

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-08-04 · pp. 265–271 · DOI: 10.5281/zenodo.21835551 · UDK 902

Annotatsiya

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo tosh davri tarixi tarixshunosligining Sovet davridagi (1920–1991-yillar) rivojlanish bosqichlari hamda ushbu davrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari tahlil etiladi. Tadqiqotda sovet arxeologiya maktabining shakllanishi, kompleks arxeologik ekspeditsiyalarning tashkil etilishi, paleolit, mezolit va neolit davri yodgorliklarining o‘rganilishi, ularning davrlashtirilishi hamda tarixiy-madaniy talqini tarixshunoslik nuqtai nazaridan baholanadi. Shuningdek, A.P. Okladnikov, V.A. Ranov, P.P. Yefimenko, M.R. Qosimov, O‘.Islomov, N.X. Toshkenboyev va boshqa olimlarning ilmiy merosi tahlil qilinib, sovet davri tadqiqotlarining metodologik xususiyatlari, ularning yutuqlari va mafkuraviy cheklovlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Sovet davri arxeologiyasi Markaziy Osiyo tosh davri tarixini o‘rganishda fundamental manbashunoslik va metodologik asoslarni shakllantirganini, biroq ayrim nazariy xulosalar zamonaviy fan yutuqlari asosida qayta ko‘rib chiqilishi zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, tosh davri, paleolit, mezolit, neolit, tarixshunoslik, sovet arxeologiyasi, arxeologik ekspeditsiyalar, davrlashtirish, metodologiya.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi