"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MARKAZIY OSIYONING TOSH DAVRI TARIXINING O‘RGANILISH BOSQICHLARI (XIX asr oxiri – XX asrning 30‑yillari: sayyoh‑kolleksionerlik va dastlabki tavsiflash)
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo tosh davri tarixini o‘rganishning dastlabki bosqichi, ya’ni XIX asr oxiri – XX asrning 30-yillarigacha bo‘lgan davr tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sayyohlar, harbiy topograflar, tabiatshunoslar hamda kolleksionerlar tomonidan to‘plangan arxeologik materiallarning ilmiy ahamiyati, ularning tosh davri yodgorliklarini aniqlash va tavsiflashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Rossiya imperiyasi va dastlabki sovet davrida olib borilgan ilmiy ekspeditsiyalar faoliyati, dastlabki arxeologik kuzatuvlar hamda tosh qurollar kolleksiyalarining shakllanish jarayoni tarixshunoslik nuqtai nazaridan baholanadi. Muallif ushbu bosqichning Markaziy Osiyo paleolitshunosligining empirik asoslarini yaratganligini, keyingi tizimli arxeologik tadqiqotlar uchun ilmiy zamin vazifasini bajarganligini asoslaydi.
Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, tosh davri, paleolit, mezolit, tarixshunoslik, arxeologik ekspeditsiyalar, sayyohlar, kolleksionerlar, dastlabki tadqiqotlar, arxeologik yodgorliklar.