ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

OʻZBEKISTONDA SPORT MAKTABLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY-METODIK MEXANIZMLARI

Raxmatxoʻjaev, Muzaffarxoʻja Yunusxonovich

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti mustakil tadqiqotchisi

2026-08-04 · pp. 376–378 · DOI: 10.5281/zenodo.21835503 · UDK 37

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda sport maktablari faoliyatini tashkil etish va boshqarishning hozirgi holati tahlil qilinib, ularning samaradorligiga taʻsir etuvchi tashkiliy va metodik omillar oʻrganilgan. Tadqiqotda sport maktablari faoliyatida uchrayotgan asosiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-metodik mexanizmlar taklif etilgan. Jumladan, boshqaruv tizimini takomillashtirish, murabbiylar kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish, oʻquv-mashgʻulot jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar va raqamli boshqaruv vositalarini joriy etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari sport maktablari faoliyati samaradorligini oshirish va sport taʻlimi sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: sport maktabi, tashkiliy mexanizm, metodik mexanizm, boshqaruv, sport taʻlimi, murabbiy, innovatsiya, raqamlashtirish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi