"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
OLIY TA'LIMDA GENERATIV SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING SALBIY JIHATLARI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya
Mazkur tezisda oliy ta'lim tizimida generativ sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning salbiy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, sun'iy intellektdan haddan tashqari foydalanish natijasida talabalarning mustaqil va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarining pasayishi, akademik halollik tamoyillarining buzilishi, noto'g'ri ma'lumotlarning tarqalishi, ijodkorlikning susayishi hamda shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi bilan bog'liq muammolar yoritilgan. Shuningdek, ushbu salbiy oqibatlarni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: generativ sun'iy intellekt, oliy ta'lim, akademik halollik, tanqidiy fikrlash, plagiat, ta'lim sifati.