ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

IQTISODIY O‘SISH DINAMIKASINI VECM MODELLARI ASOSIDA MODELLASHTIRISH

Turayev, Baxtiyor Ergashevich

Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti v.b.

2026-08-04 · pp. 238–240 · DOI: 10.5281/zenodo.21743913 · UDK 33

Annotatsiya

Ushbu ilmiy tezisda Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) shakllanishida drayver xarakterga ega bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, qurilish va chakana savdo tarmoqlarining uzoq hamda qisqa muddatli dinamik bog‘liqliklari Vektorli xatolarni tuzatish modeli (VECM) yordamida ekonometrik baholangan. Tadqiqot davomida ADF testi orqali statsionarlik darajasi, AIC/BIC mezonlari asosida optimal lag uzunligi va Yoxansen kointegratsiya testi orqali uzoq muddatli muvozanat munosabatlari aniqlangan. Natijalar agrar sektor hamda chakana savdoning YaHMga nisbatan yuqori elastiklikka ega ekanligini, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari esa makroiqtisodiy muvozanatdan og‘ishlarni tezkor shaklda qayta tiklovchi stabilizatorlar ekanligini ko‘rsatdi.

Kalit so'zlar: Yalpi hududiy mahsulot (YaHM), VECM modeli, kointegratsiya, xato tuzatish mexanizmi, ekonometrik modellashtirish, Surxondaryo viloyati, tarmoqlararo bog‘liqlik, iqtisodiy o‘sish drayverlari.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi