"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
UMUMLASHGAN BAHOLARNI HISOBLASH ORQALI INSON SALOMATLIK DARAJASINI ANIQLASH
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistranti
O‘zbekiston Milliy Universiteti, Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt kafedrasi professori, t.f.d.
Annotatsiya
Maqolada inson salomatligini kompleks baholashning mavjud usullari (antropometrik, klinik-laborator, funksional, psixofiziologik) tahlil qilingan hamda ularning umumiy kamchiligi — natijalarning tarqoqligi va statik xarakterga egaligi ko‘rsatib o‘tilgan. Muammoni yechish uchun turli sohalardagi ko‘rsatkichlarni yagona umumlashgan (integral) salomatlik bahosiga birlashtiruvchi model taklif etilgan. Model N.A. Ignatev, R.N. Usmanov va Sh.F. Madraximovning “Berilganlarning intellektual tahlili” o‘quv qo‘llanmasida bayon etilgan umumlashgan baholarni hisoblash usuliga (obrazlarni anglashga algebraik yondashuv) asoslangan. Model ochiq tibbiy tadqiqot ma’lumotlari — Framingham Heart Study (N=3827) — asosida sinovdan o‘tkazilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, taklif etilgan umumlashgan indeks bo‘yicha eng past guruhda haqiqiy 10 yillik yurak-qon tomir kasalligi (CHD) xavfi 25,1%, eng yuqori guruhda esa 7,9% ni tashkil etdi (Pirson korrelyatsiyasi r = -0,167; p < 0,001), bu modelning amaliy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar: inson salomatligi, umumlashgan baho, integral indeks, obrazlarni anglash, sun’iy intellekt, Framingham Heart Study.