"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
XOLID IBN ABDUMALIK AL-MARVARUDIY ILMIY MEROSI JORJ SARTON TALQINIDA
Farg‘ona davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda “fan tarixi” otasi hisoblangan Jorj Sarton tomonidan Xolid ibn Abdumalik al-Marvarudiyning ilmiy merosini o‘rganishda tutgan o‘rni tarixshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda J.Sartonning “Introduction to the History of Science” (“Fan tarixiga kirish”) asarida al-Marvarudiy shaxsi, ilmiy merosi, matematika va astranomiya tarixidagi o‘rni qanday baholangani o‘rganilgan. Tezisda J.Sartonning al-Marvarudiyni IX asr boshlaridagi musulmon Sharqi ilmiy taraqqiyotining markaziy siymolaridan biri sifatida talqin qilgan. Shuningdek, al-Marvarudiy ilmiy merosi va unga tegishli astranomik jadvallar to‘plami – Zijlar va “Zil al-Mamuni al-Muntahab” (“Ma’munning sinovdan o‘tgan ziji”) asariga J. Sarton, F.Sezgin va R.Roshed kabi yirik olimlar tomonidan berilgan ilmiy baholar qiyosiy tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Bog‘dod, Sezgin, Sanjar cho‘li, rasadxona, al-Ma’mun, Beruniy. Shammosiya, Qasiyun, Rashed.