ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

1965–1985-YILLARDA ANDIJON VILOYATIDA RADIOESHITTIRISH TIZIMINING RIVOJLANISHI: TARMOQ VA DASTURLAR

Karimova, Dildora Sadriddinovna

IIV Namangan akademik litsey Tarix fani Bosh o‘qituvchisi

2026-08-04 · pp. 212–215 · DOI: 10.5281/zenodo.21743868 · UDK 32

Annotatsiya

Mazkur tezisda 1965–1985-yillarda Andijon viloyatida radioeshittirish tizimining faoliyati, hududiy tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari va efir dasturlarining asosiy mazmuniy yo‘nalishlari tarixiy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda viloyat radiosining mahalliy axborot ishlab chiqaruvchi tahririyat hamda Toshkent va Moskva eshittirishlarini qayta uzatuvchi hududiy tizim sifatidagi faoliyatiga e’tibor qaratilgan. O‘rganilayotgan davrda o‘zbek, rus va tatar tillarida dasturlar uzatilgani radio auditoriyasining ijtimoiy hamda milliy tarkibini hisobga olishga intilish mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Radio dasturlarining axborot, ijtimoiy-siyosiy, ishlab chiqarish, madaniy-ma’rifiy va adabiy-badiiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, radioeshittirishlarning sovet davri mafkuraviy siyosati bilan bog‘liqligi, rasmiy axborot va mahalliy hayotni yoritish vazifalarining o‘zaro munosabati ochib beriladi.

Kalit so'zlar: Andijon viloyati, radioeshittirish, radiotarmoq, mahalliy radio, retranslyatsiya, radio dasturi, ommaviy kommunikatsiya, radiojurnalistika, axborot siyosati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi