"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY IJTIMOIY-AXLOQIY MEROSIDA ADOLAT VA KOMIL INSON KONSEPSIYALARI: QIYOSIY-KOMPARATIV TAHLIL
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Maqolada Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijtimoiy-axloqiy merosidagi adolat hamda komil inson konsepsiyalari qiyosiy-komparativ yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning manbashunoslik bazasini Jomiyning «Bahoriston» asari, uning tasavvufiy-axloqiy merosi, Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr», «Saddi Iskandariy» va «Vaqfiya» asarlari tashkil etdi. Tarixiy-qiyosiy, germenevtik, konseptual va kontent-tahlil usullari orqali ikki mutafakkir ta’limotida inson qadri, axloqiy o‘zini tarbiyalash, ijtimoiy mas’uliyat, adolatli hukmdor, xalq manfaati, ilm-ma’rifat va saxovat kategoriyalarining o‘zaro munosabati ochib berildi. Natijalar Jomiyda komillikning asosiy o‘lchovi ichki poklanish va irfoniy idrok bilan belgilansa, Navoiyda mazkur tamoyillar ijtimoiy faollik, davlat xizmati va xalq farovonligi bilan kengaytirilganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, har ikki mutafakkir adolatni shaxsiy fazilat doirasidan chiqarib, jamiyat barqarorligi va davlat legitimligining ma’naviy sharti sifatida talqin qilgan. Tadqiqot natijalari Sharq axloqiy tafakkuri, ijtimoiy falsafa va ma’naviy tarbiyaga oid fanlarni o‘qitishda nazariy manba sifatida qo‘llanishi mumkin.
Kalit so'zlar: Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, adolat, komil inson, ijtimoiy axloq, tasavvuf, xalqparvarlik, davlat boshqaruvi, ma’naviy kamolot, komparativistika.