"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SHARQIY FARGʻONA LANDSHAFTLARINI EKOMELIORATIV BAHOLASH VA KARTALASHTIRISH (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)
Qo‘qon davlat universiteti tadqiqotchisi
Annotatsiya
Maqolada Sharqiy Fargʻona (Andijon viloyati) landshaftlarining hozirgi ekolog-meliorativ holatini baholash va ularni zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GAT) texnologiyalari asosida xaritalashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida hududning relyef sharoitlari, grunt suvlarining chuqurligi va minerallashuv darajasi, tuproqlarning shoʻrlanish hamda degradatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Masofadan zondlash (MZ) maʼlumotlari (NDVI, raqamli relyef modellari — DEM) asosida landshaftbaxorining ekomeliorativ xarita-sxemasi ishlab chiqilgan va hududni sogʻlomlashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Sharqiy Fargʻona, Andijon viloyati, landshaft, ekomeliorativ baholash, GAT, masofadan zondlash, DEM, tuproq shoʻrlanishi, degradatsiya.