ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

FIZIKAEDU.UZ AXBOROT-TA'LIM TIZIMINI FIZIKA FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘QITISHDA QO‘LLASH TAJRIBASI

Qoraboyev, Xusniddin

Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich mustaqil tadqiqotchi

2026-08-04 · pp. 25–27 · DOI: 10.5281/zenodo.21743849 · UDK 37

Annotatsiya

ushbu maqolada Fizikaedu.uz nomli axborot-ta'lim tizimining tarkibiy tuzilishi va uni fizika darslarida amaliy qo‘llash tajribasi yoritilgan. Tizimning o‘ziga xosligi shundaki, u yagona savollar to‘plamiga tayangan holda emas, balki masala andozalari (shablonlari) yordamida har safar yangicha topshiriq hosil qilish tamoyiliga qurilgan. Muallif tizimning uch pog‘onali boshqaruv modeli - bosh administrator, fan o‘qituvchisi va o‘quvchi darajalari - qanday tashkil etilganini, kontentni turlarga ajratib nazorat qilish mexanizmini, shuningdek, dars jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan bosma va elektron (oflayn) test hosil qilish vositalarini tahlil qiladi. Ishning amaliy qismida tizimdan real o‘quv jarayonida foydalanish natijasida kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlar - o‘qituvchining tayyorgarlik vaqtini tejashi, o‘quvchi ulgurishini raqamli kuzatib borish va olimpiadaga tayyorlashdagi qulayliklar - keltirilgan.

Kalit so'zlar: Fizikaedu.uz, axborot-ta'lim tizimi, masala andozasi, avtomatik test yaratish, o‘qituvchi-administrator, kontent nazorati, oflayn test, ulgurish monitoringi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi