"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
NAMANGAN VILOYATI AHOLISINING YOSH-JINSIY TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA ULARNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
Namangan davlat universiteti, Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Namangan viloyati aholisining yosh-jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlar va ularning hududiy xususiyatlari geodemografik yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida viloyat tumanlari kesimida yosh tarkibi va jinsiy nisbatning shakllanishiga ta’sir etuvchi urbanizatsiya hamda migratsiya omillari statistik ma’lumotlar asosida baholandi. Tahlillar natijasida shahar va qishloq hududlari o‘rtasidagi yosh-jinsiy tarkib tafovutlari, mehnatga layoqatli aholi ulushining hududiy xususiyatlari hamda migratsiya jarayonlarining demografik tarkibga ta’siri aniqlandi. Tadqiqot yakunida Namangan viloyatida yosh-jinsiy tarkibni hududiy boshqarish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish va demografik siyosatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar: geodemografiya, yosh-jinsiy tarkib, demografik transformatsiya, hududiy tafovut, urbanizatsiya, migratsiya, mehnat resurslari, Namangan viloyati, aholi geografiyasi, demografik siyosat.