"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
FENTEZI YO‘NALISHINI O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI: PORTAL-KVEST MODELI QIYOSIY TAHLIL PREDMETI SIFATIDA
NamDChTI dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Mazkur maqolada fentezi janrini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi va janrning muhim tarkibiy modellaridan biri portal-kvest modeli qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Tadqiqotda Farah Mendlesonning “Rhetorics of Fantasy” asarida ishlab chiqilgan tasnif tayanch nazariy asos sifatida olinib, ingliz adabiyoti (L. Kerroll, K.S. Lyuis, Dj.K. Rouling ijodi) va o‘zbek adabiyoti (Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodi) namunalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiq natijasida ma’lum bo‘ldiki, g‘arb adabiyotidagi klassik portal-kvest modeli mustaqil ikkinchi olam yaratish tamoyiliga asoslansa, o‘zbek adabiyotidagi mos keluvchi shakllar sehrli unsurni real ijtimoiy-tarixiy makonga singdirish orqali milliy-didaktik xususiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: fentezi, portal-kvest modeli, qiyosiy adabiyotshunoslik, Farah Mendleson, ikkinchi olam, Xudoyberdi To‘xtaboyev, ingliz adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, janr nazariyasi.