"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ALISHER NAVOIYNING FORSIY VA TURKIY RUBOIYLARIDA TASAVVUFIY-FALSAFIY G‘OYALARNING BADIIY TALQINI
Navoiy davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada Alisher Navoiyning forsiy va turkiy ruboiylari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Shoirning ikki tildagi ruboiylarida tasavvufiy-falsafiy g‘oyalar, ishq konsepsiyasi, hamd va munojot, komil inson talqini hamda badiiy timsollar tizimining mushtarak va o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi. Tahlillar asosida forsiy ruboiylarda irfoniy mushohada va ramziy ifoda ustunligi, turkiy ruboiylarda esa didaktik ruh hamda xalqona ifoda kuchliroq namoyon bo‘lishi asoslanadi.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Devoni Foniy, Xazoyin ul-maoniy, forsiy ruboiy, turkiy ruboiy, tasavvuf, hamd, munojot, ishq, badiiy timsol.