"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BADIIY ASAR TARJIMASIDA ESTETIK TA’SIRNI YARATISHDA KONTEKSTNING O‘RNI
UrDU tayanch doktaranti
Annotatsiya
Ushbu tezis badiiy asar tarjimasida estetik ta’sirni qayta yaratishda kontekst omilining hal qiluvchi o‘rnini tahlil qiladi. Maqsad tarjima jarayonida lingvistik, madaniy va pragmatik kontekst qatlamlarining o‘zaro uyg‘unligini aniqlashdir. Metodologiya qiyosiy tahlil, kontekstual-semantik talqin va tarjima yechimlarini funksional baholashga tayangan. Ilmiy yangilik kontekstni ko‘p qatlamli model sifatida qo‘llab, estetik effektning yo‘qolishi va kompensatsiyasi mexanizmlarini tizimlashtirishdadir.
Kalit so'zlar: kontekst; estetik ta’sir; badiiy tarjima; pragmatika; intertekst; kompensatsiya; uslubiy ekvivalentlik.