ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

«OTAMDAN QOLGAN DALALAR» ROMANIDA AVLODLAR TAQDIRINING QARSHILIKDAN ITOAT SARI BADIIY TADRIJI

Qo‘shmatova, Diyoraxon G‘ofurjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti, izlanuvchi

2026-08-04 · pp. 342–344 · DOI: 10.5281/zenodo.21743794 · UDK 82

Annotatsiya

Maqolada To‘g‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanidagi uch avlod Jamoliddin ketmon, Aqrab va Dehqonqul obrazlari izchil badiiy tadrij sifatida tahlil qilinadi. Avlodlar taqdirida ikki yo‘nalish ajratiladi: milliy o‘zlikning qarshilikdan itoat sari so‘nishi hamda avlodlarni bog‘lab turuvchi yerga sadoqatning uzilmasligi. Matniy tahlil asosida bu ikki yo‘nalishning uyg‘unligi asarning bosh g‘oyasini belgilashi asoslanadi.

Kalit so'zlar: To‘g‘ay Murod, «Otamdan qolgan dalalar», avlodlar tadriji, badiiy obraz, milliy o‘zlik, qarshilik, itoat, ramziy roman.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi