"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TUPROQLARNING OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANISH SHAROITIDA O‘SIMLIKLARNING EKOLOGIK HOLATI VA BIOINDIKATSION AHAMIYATINI O‘RGANISH ZARURIYATI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur tezisda tuproqlarning og‘ir metallar bilan ifloslanishi sharoitida o‘simliklarning ekologik holati hamda ularning bioindikatsion ahamiyati tahlil qilingan. Xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida bioindikator o‘simliklarning og‘ir metallarni to‘plash xususiyatlari, ekologik monitoringdagi o‘rni hamda fitoremediatsiyadagi ahamiyati yoritilgan. O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, mavjud ilmiy yondashuvlar va ayrim ilmiy bo‘shliqlar ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Farg‘ona shahri seliteb landshaftlarida bioindikator o‘simliklardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslanib, og‘ir metallar bilan ifloslanishni baholashning istiqbolli yo‘nalishlari tavsiya etilgan.
Kalit so'zlar: og‘ir metallar, tuproq ifloslanishi, bioindikatsiya, bioindikator o‘simliklar, fitoremediatsiya, giperakkumulatorlar, ekologik monitoring, urban landshaftlar, seliteb landshaftlar, Farg‘ona shahri.