"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
IQLIM O’ZGARISHI SHAROITIDA OROLBO’YI HUDULARIDA CHO’LLANISH JAROYONLARINING KUCHAYISHI VA ULARNING OQIBATLARI
Namangan davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida Orolbo‘yi hududlarida cho‘llanish jarayonlarining kuchayish sabablari, ularning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda global iqlim o‘zgarishi, Orol dengizining qurishi, tuproq sho‘rlanishi, suv resurslari tanqisligi hamda chang-tuz bo‘ronlarining cho‘llanish jarayoniga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, cho‘llanishning biologik xilma-xillikka, qishloq xo‘jaligiga va aholi salomatligiga salbiy ta'siri ilmiy manbalar asosida baholangan. Muammoni kamaytirish maqsadida saksovulzorlarni kengaytirish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, degradatsiyaga uchragan yerlarni rekultivatsiya qilish va xalqaro ekologik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Iqlim o‘zgarishi, Orolbo‘yi, cho‘llanish, Orol dengizi, Orolqum, tuproq sho‘rlanishi, biologik xilma-xillik, chang-tuz bo‘ronlari, ekologik muammolar, saksovul.