ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘QUVCHLARDA ASSOTSIATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA O‘YIN FAOLIYATINING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Ortiqova, Zulfiya Nurmaxamatovna

Farg‘ona davlat universiteti. p.f.b.f.d (PhD)

2026-08-04 · pp. 330–331 · DOI: 10.5281/zenodo.21743763 · UDK 373.2

Annotatsiya

mazkur maqolada kichik yoshdagi bolalarda assotsiativ tafakkurni shakllantirishda o‘yin faoliyatining o‘rni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Assotsiativ tafakkur tushunchalar, hodisalar va tajribalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash hamda mazmunli aloqalar hosil qilish jarayoni sifatida yoritiladi. O‘yin bolalarning bilish jarayonlarini faollashtiruvchi, ularni ijodiy fikrlashga undovchi va muammoli vaziyatlarni mustaqil hal qilishga yo‘naltiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida asoslanadi. Tadqiqotda assotsiativ tafakkurning nazariy asoslari, o‘yinning psixologik-pedagogik imkoniyatlari hamda ta’lim jarayoniga o‘yin asosida yondashuvni integratsiya qilish usullari tahlil etiladi. Natijalar o‘yin asosidagi faoliyat bolalarning kognitiv moslashuvchanligi, xotirasi, nutqi va ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: assotsiativ tafakkur, o‘yin faoliyati, maktabgacha ta’lim, bilish jarayoni, ijodiy fikrlash, muammoli vaziyat, kognitiv rivojlanish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi