"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Zamonaviy ta'lim jarayonida o‘quvchini tayyor bilimlarni o‘zlashtiruvchi subyekt sifatida emas, balki mustaqil fikrlaydigan, muammoni tahlil qila oladigan va maqbul yechimlarni izlay oladigan faol shaxs sifatida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, muammoli ta'lim texnologiyasi o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish hamda tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Kalit so'zlar: tanqidiy fikrlash, muammoli ta'lim, pedagogik texnologiya, boshlang‘ich ta'lim, muammoli vaziyat, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur, interfaol metodlar