"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MUSTAQIL TA’LIMNING AHAMIYATI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda mustaqil ta’limning pedagogik imkoniyatlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Kognitiv kompetentlikning axborotni izlash va saralash, tahlil va sintez qilish, muammoni hal etish, refleksiya hamda metakognitiv boshqaruv kabi tarkibiy qismlari yoritilgan. Shuningdek, kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta’limni reproduktiv topshiriqlardan ijodiy-qidiruv faoliyatiga yo‘naltirish, elektron ta’lim resurslaridan maqsadli foydalanish va reflektiv o‘zini nazorat qilish mexanizmlari asoslangan. Nazariy tahlil natijasida mustaqil ta’limning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shartlar hamda uni tashkil etishning bosqichlari taklif etilgan.
Kalit so'zlar: mustaqil ta’lim, kognitiv kompetentlik, bo‘lajak o‘qituvchi, metakognitsiya, kredit-modul tizimi, refleksiya, muammoli ta’lim, raqamli ta’lim muhiti.